Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 26-tur bellashuvlari to‘liq yakunlandi. Uning so‘nggi o‘yini G‘uzorda kechib, “Sho‘rtan” Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubini qabul qildi.
Uchrashuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “Sho‘rtan” ochkolar soni bo‘yicha “Neftchi”ga yetib olgani holda, to‘plar nisbatiga ko‘ra Vadim Abramov jamoasidan oldinroqda turibdi. Mazkur turda “Neftchi” ham zafar quchgan bo‘lsa-da, baribir xavfli zonasiga qayta kirishga majbur bo‘ldi.
Qosimov jamoasi mag‘lub bo‘lgan turda, Vadim Abramov 3 ochkolik bo‘ldi. Arveladze esa yanada ko‘prog‘ini istamoqda
“So‘g‘diyona” va “Sho‘rtan”ning Jizzaxda kechgan o‘yinida Sanjar Rashidovning yagona goli mezbonlarga g‘alaba tortiq qilgandi.O‘zbekiston Oliy Ligasi 26-tur bellashuvi 27-oktabr, juma
Izoh (0)