Hindiston mezbonligida o‘tgan futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon Chempionati bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Unda Angliya U17 g‘olib chiqdi.
Hal qiluvchi final o‘yinida inglizlar Ispaniya ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Ispanlar 2 ta gol farqi bilan oldinga o‘tib olganiga qaramay, yakunda Angliya o‘smirlari 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi — 5:2.
Angliya guruh bosqichida 100 foizlik natija qayd etib, Chilini 4:0, Meksikani 3:2, Iroqni 4:0 hisoblarida taslim qilgandi. Nimchorak finalda yaponiyalik futbolchilar inglizlar bilan tengma-teng o‘ynadi — 0:0. Penaltilar seriyasida omad yevropaliklar tomonida bo‘ldi — 5:3. Keyinroq Angliya chorak finalda AQShni 4:1, yarim finalda Braziliyani 3:1 hisoblarida taslim qildi.
Bungacha yoshlar o‘rtasidagi Jahon Chempionati Angliya U20 termasining g‘alabasi bilan yakuniga yetgandi. Shu tariqa inglizlar kichik mundiallarning har ikkisida ham g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
JCh—2017. U17 Final 28-oktabr, shanba
Angliya — Ispaniya 5:2
Gollar: Serxio Gomes, 10 (0:1). Serxio Gomes, 31 (0:2). Rayan Brevster, 44 (1:2). Morgan Gibs-Vayt, 58 (2:2). Filipp Foden, 69 (3:2). Mark Gehi, 84 (4:2). Filipp Foden, 88 (5:2).Angliya milliy terma jamoasi 2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatida ishtirok etadi. Inglizlar tarixda faqat 1 marta — 1966-yilda mundial g‘olibi bo‘lgan ersa-da, har safar Jahon Chempionatida favoritlar qatorida e’tirof etiladi.
Izoh (0)