Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda joriy yil to‘qqiz oyi yakunlari bo‘yicha inflyatsiya darajasi o‘tgan yilning mos davriga (2,2%) nisbatan yuqori bo‘lib, 7,8 foizni tashkil etdi, deb xabar qildi Markaziy bank Davlat statistika qo‘mitasiga tayangan holda.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

“Gazeta.uz”ning qayd etishicha, ko‘rsatib o‘tilgan davrda iste’mol tovarlari narxi o‘rtacha 7,6 foizga (2016 yil yanvar-sentyabrda — minus 3,3 foiz), noiste’mol tovarlar — 8,6 foizga (+6,8 foiz), pulli xizmatlar — 7 foizga (+7 foiz) o‘sdi.

Narxlarning ko‘tarilishiga monetar omillar bilan bir qatorda an’anaviy mavsumiy tebranishlar va taklif omillari ham ta’sir ko‘rsatdi.

MB milliy valyutadagi aktivlar daromadliligini saqlash, real foiz stavkalari barqarorligini ta’minlash va iqtisodiyotda pul takliflari o‘sishi sur’atlariga barham berish maqsadida qayta moliyalash stavkasini 14 foiz darajada saqlab qolishga qaror qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Hududgazta’minot” aholini gazdan oqilona foydalanishga chaqirdi
Mahalliy
“Kimdir javob berishi, kimdir qusishi kerak” — faollar gaz va elektr muammosi sababchilariga jazo so‘ramoqda
Mahalliy
Toshkent viloyatida er-xotin va ularning uch oylik chaqalog‘i is gazidan vafot etdi