Donald Tramp tamaki chekish va alkogol ichishdan voz kechganini ma’lum qildi. Bu haqda, CNN telekanaliga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Trampning so‘zlariga qaraganda, uning akasi Fred 1981-yili 43 yoshida alkogolizm oqibatida hayotdan ko‘z yumgani unga qattiq ta’sir qilgan.
“Mening Fred islmi akam bor edi. U ajoyib yigit edi, eng chiroyli, mendan ancha yaxshi odam edi. Lekin uning muammosi bor edi. Alkogol muammosi”, — dedi Tramp.
Uning so‘zlariga qaraganda, Fred ukasini spirtli ichimliklardan tiyiliga chaqirgan, buning natijasida Donald Tramp ichik va chekishdan voz kechgan.
“U menga ichma, ichma derdi. U mendan katta edi, men uni hurmat qilar va gapiga quloq solar edim. Men buni Freddan o‘rgandim”, — xulosa qildi prezident.
Izoh (0)