Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Turkiya politsiyasining aksilterror bo‘linmasi 2016-yilda sodir bo‘lgan to‘ntarishga urinishga aloqadorlikda gumonlab, mamlakat Tashqi ishlar vazirligining 120 dan ortiq sobiq xodimlarini qo‘lga olishni boshladi. Operatsiya 26-oktabr kuni bir vaqtning o‘zida mamlakatning 30 ta viloyatida boshlandi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: AFP

Foto: AFP

Xabar berishlaricha, qo‘lga olingalarning bari AQShda yashayotgan muxolifatchi Fathulloh Gulenga aloqasi borlikda gumon qilinib, ishdan bo‘shatilgan edi.

Ularning aksariyati xabarlarni shifrlash imkonini beruvchi ByLock messenjeridan foydalangan. Turkiya hukumati Gulenning tarafdorlari o‘zaro muloqotda aynan shu dasturdan foydalanishlariga ishonchi komil.

Eslatib o‘tamiz, davlat to‘ntarishiga urinish harakatlaridan so‘ng, Turkiya hukumati Gulenga aloqadorlikda gumonlab 50 mingdan ortiq shaxsni hibsga olgan va 110 mingdan ortiq fuqaroni davlat xizmatidan bo‘shatib yuborgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ustoz”, “muallim”, “domla”, “professor” — bu so‘zlarning asl ma’nosi nima?
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” safarda mag’lubiyatga uchradi
Mahalliy
“Ikki milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilib, daromad topmoqda” — Mehnat vaziri