Italiya A seriyasida 10-tur bellashuvlariga yakun yasaldi. Mazkur tur Spaletti boshqaruvidagi “Inter”ning g‘alabasi bilan boshlanib, milanlik futbolchilar turnir jadvalida peshqadam bo‘lib olgandi.
Joze Mourinyodan keyin “Inter”ni Luchano Spaletti ko‘tarishni boshladi. Milanliklar rekordni takrorladi
Kecha — 25-oktabr kuni “Napoli” safardan g‘alaba bilan qaytib, yetakchilikni qayta qo‘liga oldi. Avvalgi turda Neapolliklar o‘z uylarida aynan “Inter”ni taslim qila olmagandi — 0:0.“Yuventus” va “Latsio” o‘rtasidagi tenglik ham davom etdi. “Keksa senyora” raqibi ustidan yirik g‘alabani tantana qilgan bo‘lsa, “Latsio” safarda muvaffaqiyat qozondi. Chempionat to‘purari bo‘lib turgan Chiro Immobile penaltidan aniq foydalana olmadi.
“Milan” va nihoyat o‘ziga keldi va safarda 4 ta gol urishga erishdi. Mavsumni bir tempda olib borishga urinayotgan “Roma” esa kichik hisobli g‘alabani nishonladi.
Italiya A seriyasi 10-tur bellashuvlari 24-oktabr, seshanba
“Inter” — “Sampdoriya” 3:2
Gollar: Milan Shkrinyar, 18 (1:0). Mauro Ikardi, 32 (2:0). Mauro Ikardi, 55 (3:0).David Kovnatski, 64 (3:1). Fabio Kvalyarella, 85 (3:2).25-oktabr, chorshanba
Izoh (0)