Indoneziyaning bitkoinga mo‘ljallangan Toko Bitcoin va Bitpayer platformalari mamlakat markaziy banki ushbu kriptovalyutani to‘lov vositasi sifatida tan olishdan bosh tortganidan so‘ng yopilmoqda. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar qildi.
Jumladan, Bitpayer vakillari 1-noyabrdan faoliyatini to‘xtatishini bildirib, mijozlarini oy boshiga qadar boshqa platformalarga o‘tkazishga chaqirdi.
Toko Bitcoin kriptovalyuta qabul qilishni to‘xtatdi.
PT Indonesia kriptovalyuta birjasi rahbari ikki platformaning yopilishi haqidagi qarorlar ularning rahbariyati tomonidan qabul qilinganini ta’kidladi — mamlakat hukumati hozircha kriptovalyuta aylanmasini huquqiy tartibga solish ishlari bilan band va platformalarni yopish bilan shug‘ullanmayapti.
Izoh (0)