Chechenistonda Rosgvardiya xodimi to‘rt nafar xizmatdoshini otib tashladi. Uning o‘zi ham o‘ldirildi, deb xabar beradi Meduza.
“Interfaks” agentligiga ko‘ra, u kazarmada o‘t ochishni boshlagan.
Hujum uyushtirgan harbiyning ismi oshkor etilmayapti. Hozircha u katta leytenant unvonida bo‘lgani ma’lum.
Ixtilof nimadan kelib chiqqani aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)