SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask 18-oktabr kuni Twitter’da The Boring Company kompaniyasi do‘koniga havola qoldirdi. U kompaniyani shahar ko‘chalari ostida avtomobil tunnellarini qazish uchun tashkil etgan. Do‘konda kompaniya nomi tushirilgan qora kepka sotiladi, deb yozadi Meduza.
Mask uni “Dunyodagi eng zerikarli kepka” deb nomladi, uning qiymati 20 dollar.
Ertasi kuni biznesmen allaqachon to‘rt mingta kepka sotilganligini ma’lum qildi. Besh minginchi xaridorga sovg‘a — yana bitta kepka va’da qildi.
Haqiqatan ham g‘olibga ikkinchi kepka taqdim etildi. Mukofotni Missuri fuqarosi Kalter Tilton qo‘lga kiritdi. Hadya kepkasini The Boring Company xodimlari imzoladi.
Tilton o‘zini noqulay his qilmasligi uchun Mask unga eski suratini ko‘rsatdi: unda Mask shlyapa ustidan kepka kiygan.
Izoh (0)