Forbes jurnali jahonning 200 ta eng hurmatli kompaniyalari ro‘yxatini keltirdi. Unda birinchi o‘rinni Germaniyaning Siemens konserni egalladi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Kompaniya elektrotexnika, elektronika, energetik asbob-uskunalar sohasida ishlaydi.
Fransiyaning shinalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan Michelin Group kompaniyasi reytingning ikkinchi pog‘onasiga keldi.
Uchinchi o‘rinni AQShning Google konserniga egalik qiluvchi Alphabet xoldingi egalladi. Yaponiyaning videoo‘yinlar va o‘yin konsollari ishlab chiqaruvchi Nintendo kompaniyasi to‘rtinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, kuchli beshlikka AQShning Walt Disney kompaniyasi yakun yasadi.
Izoh (0)