10-sentabrdan buyon O‘zbekistonning 701 fuqarosi Qozog‘istonda bo‘lish tartibini buzganlik uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.
Qozog‘iston IIV davlat tili va axborot departamenti direktori Almas Sadubayevga ko‘ra, ularning bari 10-sentabrdan 1-dekabrga qadar davom etadigan “Uchastka” operatsiyasi doirasida ushlangan.
“9–18-oktabr kunlari 28 mingdan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik qayd qilingan bo‘lib, shulardan 518 tasi oilaviy-maishiy munosabatlarga oid, 1,3 mingtasi mayda bezorilik bilan bog‘liq”, — dedi Sadubayev.
Uning so‘zlariga qaraganda, mamlakatda ro‘yxatdan o‘tish tartibini buzgan 3778 nafar Qozog‘iston fuqarosi, 1647 nafar chet elliklar ushlangan. Ularning 701 nafari o‘zbekistonlik, 685 nafari qirg‘izistonlik, 71 nafari rossiyalik, 27 nafari tojikistonlik, 163 nafari boshqa davlatlar fuqarolaridir.
Izoh (0)