Osiyo Chempionatiga chiqish uchun saralash turnirini Eronning Tabriz shahrida o‘tkazgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi guruhdagi barcha raqiblarini taslim qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Futzal O‘FF tasarrufiga o‘tganidan keyingi birinchi o‘yinda O‘zbekiston termasi 14 ta gol urdi
Erondagi ilk o‘yinida 14 ta, keyin 4 ta gol urgan O‘zbekiston qit’a chempionatiga yo‘l oldi
Dastlabki turda Nepal 14:1 hisobida ortda qoldirilgan bo‘lsa, keyinroq Turkmaniston 4:2 hisobi bilan mag‘lub etilgandi. Xuddi O‘zbekiston singari dastlabki ikki turda 6 ochko ishlagan Qirg‘izistonga qarshi hal qiluvchi o‘yinda ham Bahodir Ahmedov boshqarayotgan O‘zbekiston termasining qo‘li baland keldi — 4:3.O‘zbekistonlik futzalchilar Osiyo Chempionatining amaldagi finalchisi hisoblanadi. Toshkent mezbonligida o‘tgan so‘nggi qit’a chempionatida ular finalgacha yetib borib, hal qiluvchi o‘yinda forslarga imkoniyatni boy bergandi — 1:2. O‘sha natija sabab O‘zbekiston termasi o‘z tarixida ilk bor Jahon Chempionatiga yo‘llanma olgandi.
Osiyo Chempionati. Saralash “A” guruhi. 3-tur 16-oktabr, dushanba
O‘zbekiston — Qirg‘iziston 4:3
Gollar: Davron Abdurahmonov, 4 (1:0). Konstantin Sviridov, 5 (2:0). Emil Kanetov, 8 (2:1). Mashrab Odilov, 11 (3:1). Dilmurod Shavkatov, 15 (4:1). Kelkel Anarbekov, 15 (4:2). Emil Kanetov, 35 (4:3).Osiyo Chempionati kelasi yilning 6—18-fevral kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida bo‘lib o‘tadi. Unda 16 ta jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi.
Izoh (0)