Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Tehronda Eron Islom Respublikasining sanoat, konlar va savdo vaziri Muhammad Shariatmadari bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

O‘zbekiston Tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniev va delegatsiyaning boshqa a’zolari ishtirok etgan suhbatda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish va diversifikatsiya qilish hamda investitsion hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko‘tarish O‘zbekiston-Eron munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari batafsil muhokama qilindi va O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon xalqaro transport koridori bo‘yicha 2011-yil aprel oyida imzolangan bitim doirasidagi aloqalarni rivojlantirishga tomonlar tayyor ekanligi tasdiqlandi.

Shuningdek, Tehronda savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya bo‘lajak majlisining kun tartibiga oid masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylanishda ayblanib, 2 mingdan ortiq erkak hibsga olindi
Dunyo
AQSH harbiylari mamlakat osmonida uchayotgan Xitoy sharini urib tushirdi. Pekin norozilik bildirdi (video)
Dunyo
“Putin menga Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergan” — Isroil sobiq bosh vaziri Bennet Rossiya prezidenti bilan suhbati haqida gapirib berdi