Rossiyaning Vladivostok shahar politsiyasi mahalliy fuqaroning jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani haqidagi murojaati bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda, deb yozadi “1news.uz”.
Jabrlanuvchi ayol — 24 yoshli o‘zbekistonlik politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, qahvaxonada ikki erkak bilan tanishgani, ular qizni bir xonadonga taklif qilganini aytgan. Erkaklar unga spirtli ichimlik ichirib, so‘ng jinsiy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni amalga oshirgan va taksida jo‘nab ketgan.
Jabrlanuvchi, shuningdek, telefoni g‘oyib bo‘lganini payqagan, shuning uchun ko‘chaga chiqib, o‘tkinchilardan biridan politsiya chaqirishni so‘ragan.
Qiz politsiya xodimlari yetib kelgunicha, ketib qolgan, shu tufayli huquq-tartibot xodimlari kelib tushgan axborotni tekshirishga kirishdi.
Izoh (0)