Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vyetnamning Txanxao provinsiyasida uch yoshli bolakay ulkan ilon ustida sayr qildi, deb xabar berdi Daily Mail.

Foto: The Sun

Foto: The Sun

Internet tarmoqlarida paydo bo‘lgan videodan ko‘rish mumkinki, bolakay kattalar ishtirokida olti metrli piton ustida o‘tiribdi. Ilon esa o‘z navbatida uni tushirib tashlashga harakat qilmagan. Bolakayning xolasini aytishicha, ushbu oila to‘rt yildan beri ilonni uy hayvoni sifatida boqib keladi. “O‘sha kuni yomg‘ir yog‘ganligi sabab hovli suv ostida qoldi. Shuning uchun ular ilonni uyga kirib o‘ynashiga va dam olishiga ruxsat berishdi”, — deydi ayol.

Video Vyetnamning Txanxoa, Ngean hamda Xatin provinsiyalarida sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida besh mingdan ortiq oila evakuatsiya qilingan vaqtda suratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, tabiiy ofat oqibatida kamida 54 kishi halok bo‘ldi, 39 kishi esa bedarak yo‘qoldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi