Qarshining “Nasaf” klubida faoliyat olib borayotgan Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekiston milliy terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Sports.uz” o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
O‘FF matbuot xizmati bu xabarni rasman tasdiqlaganicha yo‘q. Avvalroq yangi rahbariyat xorijlik mutaxassislar bilan muzokara olib borayotgani va milliy terma katta ehtimol bilan chet ellik murabbiyga topshirilishi aytilgandi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida Qatarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi mumkin. To xorijlik mutaxassis va O‘FF bitta yechimga kelguniga qadar, O‘zbekiston milliy terma jamoasini Qatarga qarshi o‘yinga Ro‘ziqul Berdiyev tayyorlashga yaqin.
Milliy terma jamoaning so‘nggi bosh murabbiyi JCh saralashini tarixda ilk bor to‘liq o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan va kutilgan muvaffaqiyatsizlikka uchragan Samvel Babayan edi.
Izoh (0)