Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Myunxenning “Bavariya” klubi Karli Anchelottini iste’foga chiqarib, uning o‘rniga Yupp Xaynkesni olib kelishi bilan, jamoa ishlari yurisha boshladi.

Foto: FotMob

Foto: FotMob

Bundesliganing navbatdagi turida “Bavariya” futbolchilari mavsumdagi eng yirik g‘alabasini nishonladi va raqibi postiga 5 ta javobsiz gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bunga qadar klub Anchelotti davrida asosiy raqiblardan biri “Xoffenxaym”dan yengilgan va so‘nggi ikki turda 2 ta durang qayd etgandi.

Dortmundning “Borussiya” klubi esa mavsumdagi ilk mag‘lubiyatiga imzo chekdi. O‘tgan mavsumni sensatsion ravishda kumush medallar bilan yakunlagan “Leyptsig”ni qabul qilgan dortmundlik futbolchilar, 2:3 hisobida yengildi. Uchrashuvni boshqarib borgan hakam har ikki klubning bittadan futbolchisini maydondan chetlatdi va har ikki klubga 1 tadan penalti tepish huquqini berdi.

Xaynkes “Bavariya”da ish boshlaganida hali dunyoga kelmagan Yulian Nagelsmann boshqaradigan “Xoffenxaym” o‘z uyida 2 ochko boy berib qo‘ydi.

Germaniya Bundesligasi 8-tur bellashuvlari 14-oktabr, shanba

“Bavariya” — “Frayburg” 5:0

Gollar: Yulian Shuster, 8-avt (1:0). Kingsli Koman, 42 (2:0). Tyago Alkantara, 63 (3:0). Robert Levandovski, 75 (4:0). Joshua Kimmix, 90+4 (5:0).

“Xoffenxaym” — “Augsburg” 2:2

Gollar: Benjamin Xyubner, 52 (1:0). Mixael Gregorich, 75 (1:1). Mark Ut, 85 (2:1). Kevin Fogt, 90-avt (2:2).

“Borussiya Dortmund” — “Leyptsig” 2:3

Gollar: Pyer-Emerik Obameyang, 4 (1:0). Marsel Zabitser, 10 (1:1). Yusuf Poulsen, 25 (1:2). Jan-Kevin Ogyusten, 49-pen (1:3). Pyer-Emerik Obameyang, 64-pen (2:3).Chetlatishlar: Sokratis Papastatapulos, 47 (B). Shtefan Ilzanker, 56 (L).

Foto: “Chempionat”

Foto: “Chempionat”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi