15-oktabr soat 8:00 da Qirg‘izistonning Toshkentdagi elchixonasida prezident saylovi doirasida 9025-raqamli saylov uchastkasi ochildi. Bu haqda Kabar nashri ma’lum qildi.
Elchixona matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, birinchi bo‘lib diplomatik muassasa xodimlari prezident saylovi doirasida ovoz bergan. Saylovchilar ro‘yxatida O‘zbekistonda doimiy yoki vaqtincha yashayotgan 600 dan ortiq Qirg‘iziston fuqarosi bor.
Saylov uchastkasi Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da yopiladi.
Izoh (0)