Urganch shahrida xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Prezident tavsiyasiga ko‘ra, viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Ilgizar Sobirov Xorazm viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning viloyatga tashrifi davom etmoqda.
Izoh (0)