AQShning Kaliforniya shtatida avj olgan yong‘inlar shtat tarixidagi eng yirik shu turdagi tabiiy ofatlar bo‘ldi. O‘rmon massivlari, uzumzorlar va binolar yo‘q bo‘ldi; 23 kishi halok bo‘ldi. 30 ming gektar hududni olov qamrab oldi. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarda yong‘in tarqalishini ko‘rish mumkin.
9-oktabr kuni NASA’ning Aqua sun’iy yo‘ldoshi Kaliforniyaning yong‘inda qolgan shimoliy qismini suratga oldi. Surat o‘rta yechimli MODIS spektroradiometri yordamida olindi. Unda faol yong‘in zonalari qizil bilan belgilangan. Har bir yorqin nuqta — issiqlik detektorlari ekstremal darajada yuqori havo haroratini qayd qilgan hududlar.
“National Geographic Rossiya” ushbu suratlarni taqdim etdi.
Izoh (0)