Robert Half rekruting firmasi tadqiqotiga ko‘ra, Amirliklarda ishlovchi odamlar haftasiga o‘rtacha besh soatni “nima qilishni bilmasdan” zerikishga sarflaydi. Bu haqda UAEInside xabar bermoqda.
Tadqiqot turli kompaniyalar menejerlari bayonotlariga asoslangan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, xodimlar o‘z ish vaqtining 13 foizida hech narsa bilan shug‘ullanmaydi. Tadqiqot shuningdek ushbu fenomen sababini ham keltiradi: menejerlarning yarmiga yaqini (47 foizi) ish qiziqarli emasligini ma’lum qildi, so‘rovnomada qatnashganlarning 36 foizi uni zerikarli deb hisoblaydi.
Ta’kidlash joizki, xodimlarning 34 foizi muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan ko‘p sonli majlislarni foydasiz deb hisoblaydi.
Robert Half vakili ish beruvchilarga xodimlarga qiziqarliroq topshiriqlar berish yoki boshqa sohalarda qo‘shimcha majburiyatlar olishga ruxsat berishni taklif qildi.
Izoh (0)