AQSh BMTning ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti — YuNЕSKO tarkibidan chiqishini e’lon qilganidan so‘ng Isroil ham ushbu jarayonga tayyorgarli ko‘ra boshladi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu tegishli ko‘rsatmani berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
AQSh rasmiylari 2019-yil 31-dekabriga qadar mamlakat YuNЕSKO a’zoligidan voz kechishini ma’lum qildi. Isroil AQShdan keyin shu yo‘ldan borgan ikkinchi mamlakat bo‘ldi.
“Hukumat rahbari TIVga Isroilning YuNЕSKOdan AQSh bilan parallel ravishda chiqishini tayyorlashni topshirdi”, — deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)