Xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar asosiy kiberxavflar o‘ntaligini tuzdi, deb yozadi BetaNews KnowBe4 tadqiqot kompaniyasiga tayanib.

Foto: Shutterstock

Fishing hamon foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritish uchun ularning kompyuteriga zararkunanda dasturlarni o‘rnatishga intiluvchi kiberjinoyatchilarning asosiy vositasi hisoblanadi.

O‘n yillik tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatdiki, ko‘pchilik foydalanuvchilarning fishing haqida xabardor ekanliklariga qaramay, yovuz niyatlilarga har safar hujumlarni amalga oshirish imkonini beruvchi hiylalar mavjud.

Odamlarni xakerlar qalbaki xatlar bilan yuboradigan linklarni bosishga majbur qiluvchi narsalar ro‘yxatida foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarining chiqib ketgani haqidagi bildirishnomalar, elektron pochta parolini o‘zgartirish yoki akkauntning boshqa ma’lumotlarini yangilash zaruriyati haqidagi eslatmalar yetakchilik qildi.

Yuqori o‘nlikka, shuningdek, posilka kelgani haqidagi bildirishnomalar, sug‘urta, ta’til olish shartlari bilan tanishish talablari va boshqa korporativ ma’lumotlar kirdi.