Yevropa Ittifoqi Kengashi 10-oktabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyasini ijro etish doirasida Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni yanada kuchaytirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Tashkilot bayonotida aytilishicha, gap 2375-rezolyutsiyada nazarda tutilgan sektoral sanksiyalar haqida ketmoqda.
“Bu rezolyutsiya 2017-yil 11-sentabrida qabul qilingan bo‘lib, KXDRning yadroviy qurollanish va ballistik raketalarni rivojlantirish borasidagi faolligi davom etayotgani bois amalga kiritilmoqda”, — deyiladi xabarnomada.
Ushbu rezolyutsiya Shimoliy Koreya tomonidan neft mahsulotlarining xarid qilinishiga cheklov o‘rnatishni nazarda tutadi.