“Rostex” korporatsiyasi mutaxassislari “Ratnik” jangovar ekipirovkasiga mo‘ljallangan armiya soatini ishlab chiqdi. Bu haqda “VistaNews.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, soat yuqori chidamlilikka ega bo‘lib, uning vazni 100 grammdan oshmaydi. Shuningdek, uskuna elektromagnit ta’sirga yuqori qarshilik ko‘rsatadi hamda yadroviy portlashdan keyin ham ishlashda davom etadi.
Xronometr quruqlikdagi qo‘shinlar, desant, qo‘rqoq qo‘shinlari va maxsus otryadlar yangi ekipirovkasining bir qismiga aylanishi kutilmoqda.
“Rostex” vakillari mexanik soat qiyin iqlimiy sharoitda ham soatni va koordinatalarni aniq belgilash imkonini berishini ta’kidlab o‘tdi.