“NTV” telekanalida “Qo‘sh standartlar. Bu yer sizga u yer emas!” ko‘rsatuvining yangi soni namoyish etildi, deb yozadi “Uznews.uz”. Unda boshlovchilar Andrey Samarsev va Irina Shixman O‘zbekiston va Hindistonni oddiy sayyoh ko‘zi bilan taqqosladi.
Samarsev Toshkent, Marg‘ilon, Buxoro va Samarqandga tashrif buyurib, Markaziy Osiyodagi eng katta va eng qadimiy bozor — Chorsuda bo‘ldi, “O‘zbekfilm” haqida gapirib berdi, afsonaviy rejissor Shuhrat Abbosov bilan uchrashdi, havo sharida sayr qildi, “Atlas bayrami” festivalida qatnashdi, o‘zbek palovini pishirish sirlari bilan bo‘lishdi.
Sentabr oyida “NTV” telekanalining suratga olish guruhi O‘zbekistonda “Qo‘sh standartlar. Bu yer sizga u yer emas!” ko‘rsatuvini tasvirga olayotgani xabar berilgan edi.