Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Roberto Martines boshchilik qilayotgan Belgiya terma jamoasi Yevropa mamlakatlari orasidan birinchi bo‘lib Rossiya—2018 chiptasini qo‘lga kiritgandi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Shunday bo‘lsa-da, Belgiya asosiy futbolchilari bilan harakat qilishda davom etdi. Jamoa bu safar Bosniyaga tashrif buyurib, 4:3 hisobida zafar quchdi. Natijada bosniyaliklarning ahvoli anchagina og‘irlashib qoldi.

Boisi Gretsiya Kipr maydonida zafar quchdi — 2:1. So‘nggi turni Edin Jeko jamoadoshlari Estoniyada o‘tkazsa, Gretsiya o‘z maydonida 9 ta o‘yinda 43 ta gol o‘tkazgan Gibraltarni qabul qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, pley-off yo‘llanmasi katta ehtimol bilan greklarga nasib qiladi.

Ma’lumot uchun, Bosniya va Gretsiyaning o‘zaro ikki o‘yinida ham durang qayd etilgandi — 0:0 va 1:1.

JCh—2018. Saralash “H” guruhi. 9-tur 7-oktabr, shanba

Bosniya — Belgiya 3:4

Gollar: Toma Menye, 4 (0:1). Xaris Medunyanin, 30 (1:1). Edin Vishcha, 39 (2:1). Mishi Batshuayi, 59 (2:2). Yan Vertongen, 68 (2:3). Dario Dumich, 82 (3:3). Yannik Karrasko, 84 (3:4).

Gibraltar — Estoniya 0:6

Gollar: Siym Luts, 10 (0:1). Mattias Kyayt, 30 (0:2). Sergey Zenev, 38 (0:3). Yoonas Tamm, 52 (0:4). Yoonas Tamm, 66 (0:5). Yoonas Tamm, 77 (0:6).

Kipr — Gretsiya 1:2

Gollar: Piyeros Sotiriu, 18 (1:0). Kostas Mitroglu, 24 (1:1). Aleksandros Siolis, 26 (1:2).

Foto: FotMob

Foto: FotMob

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi