Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning akasi Nuriddin Rahmon 67 yoshida vafot etdi. Bu haqda, mamlakat ijro apparati xabariga asoslanib, “RIA Novosti” ma’lum qildi.
“Marhum Dushanbeda davolanayotgan edi, u yerda, shifokorlarning xulosasiga ko‘ra, miokard infarkti oqibatida vafot etdi”, — ma’lum qildi agentlikning suhbatdoshi.
Nuriddin Rahmonning tanasi u yashab turgan Dang‘ara tumaniga vertolyotda yetkazildi.
“Prezidentning o‘zi marhum akasining yonida bo‘lib, hamdardliklarni qabul qilmoqda”, — qo‘shimcha qildi manba.
Dafn marosimi 8-oktabr ertalab ro‘y beradi.
Izoh (0)