Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

6-oktabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Foto: Vladimir viloyati politsiyasi

Foto: Vladimir viloyati politsiyasi

1. Rossiyadagi avtobus va poyezd to‘qnashuvi oqibatida kamida 15 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Avtobusda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Ikki bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

2. Vladimirdagi YTH haqida nimalar ma’lum? Dastlabki versiyaga ko‘ra, Pokrovga yaqin temir yo‘lni kesib o‘tiladigan joy yaqinida avtobus tirbandlikka tushib qolgan. Haydovchi aylanib o‘tmoqchi bo‘lgan, buning uchun yon trassadan temir yo‘l o‘tishiga yo‘l olgan.

3. Toshkent yuridik kollejida ikki o‘quvchi kollejdoshi tomonidan pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi. 2000-yilda tug‘ilgan Asadbek Parpiboyev olgan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etdi.

4. Oliygohlarga yuqori kontrakt narxlari bo‘yicha talabalarni qabul qilish kvotalari 10-oktabrdan keyin e’lon qilinadi. Qabul abituriyentlarning to‘plagan balli ketma-ketligiga qarab belgilanadi. Bunda abituriyent o‘tish ballini (68 balldan yuqori) to‘plagan bo‘lishi va kontraktni to‘lash imkoniga ega bo‘lishi talab etiladi.

5. Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti yadroviy qurollarni taqiqlash bo‘yicha xalqaro kampaniyaga berildi. Nobel qo‘mitasining ta’kidlashicha, ICAN “bunday qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi bitimni imzolashga muvaffaq bo‘lgan”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi