Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirish uchun 5-oktabr kuni Toshkentga uchib ketdi. Bu haqda “AKIpress” xabar bermoqda.
O‘zA axborotiga ko‘ra, Atamboyevning tashrifi davomida ikki davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashadi.
Davlat rahbarlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyuradi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilinishi kutilmoqda.
Tashrif doirasida turli sohalarda o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)