Alyaskaning Ankorij shahrida istiqomat qiluvchi suratkash Tim Nyuton ertalab soat 7:30 da uyining ayvonida g‘alati tovushlarni eshitgan va nima sodir bo‘layotganini tekshirish uchun ayvonga yo‘l olgan. Tim eshikni ochgach, u yerda ona silovsin va uning yettita bolasini ko‘rgan, deb xabar berdi TJournal.
“Men ular ayvondan o‘ynayotgan vaqtda bir nechta surat olish muvaffaq bo‘lganimdan hayratda edim. Hammasi shu bo‘lsa kerak deb o‘yladim”, — deydi Nyuton.
Tim ayvonda o‘ynayotgan mushuksimonlarni 20 martaga yaqin suratga olgan. “Ular yarim soat u yoqdan bu yoqqa yugurib, o‘ynashdi. Ular bizning ayvonni bolalar maydonchasi sifatida qabul qilishdi”, — deydi suratkash.
Izoh (0)