O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi hisoblangan Temurxo‘ja Abduxoliqov Qatar Yulduzlar Ligasi to‘purarlari jadvalida uchinchi bo‘lib turibdi. U ortda qolgan uch turda 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbekistonlik futbolchi to‘p suradigan “As-Sayliya” so‘nggi turni safarda o‘tkazib, 5:2 hisobida muvaffaqiyat qozondi. Abduxoliqov unda to‘liq o‘ynab, gol urishga erishdi.
O‘tgan mavsum bu jamoa sharafini Sanjar Shoahmedov ham himoya qilgandi. Uning shartnomasi 1,5 yilga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, yarim yildan so‘ng Toshkentga qaytib keldi va “Lokomotiv” safiga qo‘shildi. Kecha Shoahmedov “temiryo‘lchilar” safida “Obod” darvozasiga gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbekistonlik yana bir futbolchi Sanjar Tursunov “Al-Xaraytiyat” safidagi faoliyatini davom ettirmoqda. Uning jamoadoshlari ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan keyin durangga erishdi. Tursunov 84-daqiqada almashtirildi.
Qatar Yulduzlar Ligasi 3-tur bellashuvlari 29-sentabr, juma
Izoh (0)