Toshkentda Captiva haydovchisi o‘lim bilan yakunlangan YTHni sodir etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIB xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

27-sentabr kuni soat 18:20 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida joylashgan Uzbek Invest binosi qarshisida haydovchi Captiva rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib piyodani urib yubordi.

Natijada jabrlanuvchi erkak yo‘l-transport hodisasi joyida vafot etdi.

Holat yuzasidan JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.