Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Garvard universiteti The Wall Street Journal hamda Britaniyaning Times Higher Education jurnallari tomonidan e’lon qilingan eng yaxshi universitetlar reytingida birinchi pog‘onani egalladi, deb xabar berdi “TASS”.

Foto: AP

Foto: AP

Ro‘yxatdan ikkinchi o‘rinni Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti, uchinchilikni esa Massachusets texnologiya instituti va Stenford universiteti band etdi.

Shuningdek, top-10 likdan Dyuk universiteti, Yel universiteti, Kaliforniya texnologiya instituti, Pensilvaniya universiteti, Prinston universiteti hamda Kornell universiteti o‘rin oldi.

Reytingni tuzishda 15 ta turli omillar, jumladan, bitiruvchilarning daromadlari, har bir universitetning akademik resurslari, o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi o‘zaro munosabat darajasi, shuningdek, ta‘lim muassasalaridagi ko‘p madaniyatli muhit inobatga olinadi.

Joriy yildagi reytingni tuzishda 109 ming talaba orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari ham e’tiborga olingan. Ularning o‘quv jarayoniga qanchalik chuqur shong‘ib ketganliklarini aniqlash uchun 7 tadan savol berilgan.

Ushbu reyting keng ko‘lamli savollarni o‘zida jamlagan bo‘lib, bunga nafaqat ota-onalar, balki bo‘lajak talabalar ham e’tibor qaratishlari lozim. Uni tuzishda alohida ahamiyat moliyaviy tomonlarga qaratilgan. Bundan tashqari, universitet bitiruvchisi qancha maosh olishi mumkinligi, shuningdek, ta’lim muassasalaridagi akademik imkoniyatlarga katta e’tibor berilgan. Joriy yildagi reytingni tuzishda talabalarning kurs davomida qarzi va undan qutilish imkoniyati omillari ham hisobga olindi.

Deyv Pettit, The Wall Street Journal muharriri

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda qaysi hududlarda narxlar ko‘proq o‘sgani ma’lum qilindi