Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Moskva davlat tibbiyot universiteti Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-tekshirish instituti direktori, professor Dmitriy Giller boshchiligidagi mutaxassislar guruhi Namanganga keldi. Bu haqda “Daryo”ga jurnalist Sanjarbek Hamidov ma’lum qildi.

Foto: Sanjarbek Hamidov

Foto: Sanjarbek Hamidov

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasida uyushtirilgan anjuman sil kasalliklariga qarshi kurashning zamonaviy usul va uslublari haqida bo‘ldi. Dmitriy Giller xastalikning oldini olish va davolash tajribalari haqida so‘zlab berdi. Viloyat davolash-profilaktika muassasalarining bosh shifokorlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mashhur olimdan to‘laqonli javoblar oldi.

Viloyat sil kasalliklariga qarshi kurash dispanserida davom etgan jarayonlar ham ko‘pchilikning yodida qoldi. Dastlab Dmitriy Giller ftiziatriya va pulmonologiya sohasi mutaxassislari ishtirokda sil kasalliklariga chalingan bemorlarni qabul qilib, ularni tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazdi. Bemorlarni davolash yuzasidan tavsiyalarini berdi. 

Keyinchalik “Mahorat darsi” amaliyot stolida davom etdi. Rossiyalik mashhur shifokor jarrohlik sohasidagi malakasini sil kasalligining og‘ir bosqichini boshidan kechirayotgan bemor o‘pkasini operatsiya qilishda namoyon etdi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduq ichidan topildi
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi