25-sentabr kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 54 va 26 yoshli ikki nafar erkak o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda o‘zining huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib, UzNews xabar berdi.
Bu boradagi xabar 25-sentabr kuni Shayxontohur tumani IIB navbatchi qismiga kelib tushgan.
Birinchi noxush hodisa, taxminan, tonggi soat 6:30 larda sodir bo‘lgan. 1963-yilda tug‘ilgan fuqaro noma’lum sabablarga ko‘ra, uyida qandil uchun mo‘ljallangan ilgakka o‘zini osib qo‘ygan.
Ikkinchi hodisa esa kunning ikkinchi yarmida, taxminan, 15:30 larda sodir bo‘lgan. 1991-yilda tug‘ilgan, ruhiy shifoxonada ro‘yxatda turadigan fuqaro o‘zini omborda o‘sgan.
Sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, ikkala holatda ham o‘limga mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.
Izoh (0)