13-oktabr kuni Polsha poytaxtida 33 marta Varshava kinofestivali ochiladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Festival dasturiga turli mamlakatlardan 200 ga yaqin kartina kiritilgan. Asosiy tanlovda 15 film taqdim etiladi. Ular qatorida o‘zbekistonlik rejissor Yusup Roziqovning “Turk egari” filmi ham bor.
KGB, keyinchalik FSBning nafaqadagi xodimi, o‘zini yolg‘iz his eta boshlaganidan so‘ng ko‘nikmalarini ishga solgan holda tasodifiy o‘tkinchilarni kuzata boshlaydigan sobiq agent haqidagi film saralash komissiyasining e’tiborini tortdi. Qahramon bu odatidan hech qutula olmaydi. Vaqti kelib u xastalanib qolganini tushunadi, ayni shu pallada ko‘chib kelgan yangi qo‘shnilar vaziyat o‘zgarishiga ko‘mak beradi.
Yusup Roziqov 1957-yili Toshkentda tug‘ilgan. Uzoq yillar “O‘zbekfilm” studiyasida ishlagan. Uning “Turk egari” filmi tanlovda Rossiya nomidan ishtirok etadi.
Izoh (0)