24-sentabr kuni Germaniyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. GFR yangi kansleri kim bo‘lishi ularning natijalariga bog‘liq edi. Unda Angela Merkel boshchiligidagi “Xristian-demokratik ittifoq” partiyasi g‘alaba qozondi. U 2005-yildan buyon kansler lavozimini egallab keladi, hokimiyat tepasida ekanligi muddati esa endi 16 yilga yetishi mumkin. “Kommersant.ru” o‘z fotogalereyasida XX asrning boshidan buyon siyosatda uzoq umr ko‘rgan eng mashhur ayollarni taqdim etdi.
Angela Merkel siyosiy karyerasini 1989-yilda “Demokratik yuzaga chiqish” partiyasida EHM vaqtinchalik ma’muri lavozimida boshlagan. Bir necha marta vazir lavozimini egallagan, 2000-yilda “Xristian-demokratik ittifoq” partiyasi yetakchisiga aylandi, 2005-yilda esa GFR kansleri lavozimiga saylandi.
Merkel 12 yildan buyon davlat rahbari lavozimini egallab kelmoqda (2009 va 2013-yillarda qayta saylangan). Forbes talqini bo‘yicha bir necha marta dunyoning eng nufuzli ayoli deb topilgan. Hozirgi saylovlarda g‘alaba qozongan taqdirda uning hokimiyat tepasidagi muddati 16 yilni tashkil etishi mumkin.
Indira Gandi Hindiston birinchi bosh vaziri Javaharlal Neruning qizi va shaxsiy kotibi bo‘lgan. 1966-yilda o‘zi bosh vazir bo‘lgan.
Gandi Pokiston bilan urush va mamlakatdagi tartibsizliklardan so‘ng favqulodda holat e’lon qilgan. Shu sababdan 1977-yilgi parlament saylovlarida mag‘lub bo‘lgan. Biroq uch yildan so‘ng yana hukumat rahbari lavozimini egallagan. 1984-yilning 31-oktabrida shaxsiy qo‘riqchilari - sikxlar tomonidan o‘ldirilgan. Boshqaruv davri — 15 yil.
Meri Yudjiniya Charlz 1978-yilda Dominikan Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘lib chiqqandan so‘ng amaldagi partiya muxolifati tarkibida edi. 1980-yilda Dominikan bosh vaziri lavozimini egalladi. Konservativ va aksilkommunistik qarashlari bilan ajralib turgan.
Suratda chapdan o‘ngga: Antigua va Barbuda bosh vaziri Vere Kornuell Byord, AQSh birinchi xonimi Nensi Reygan, prezident Ronald Reygan, Sent-Kits va Nevis bosh vaziri Kennedi A. Simmonds, Barbados bosh vaziri Tom Adams, Dominikan bosh vaziri Meri Yudjiniya Charlz, Sent-Vinsent va Grenadin bosh vaziri Robert Milton Kato.
Meri Yudjiniya Charlz 15 yil davomida mamlakatni boshqardi. 1995-yilda barcha lavozimlardan iste’foga chiqdi. 86 yoshida operatsiya asoratlaridan vafot etdi.
Shayx Hasina — bosh vazir lavozimidagi dunyodagi birinchi ayol. Mustaqil Bangladesh birinchi rahbari Shayx Mudjibur Rahmonning qizi. U harbiy to‘ntarish davomida o‘ldirilgandan so‘ng amaldagi rejim muxolifati tarkibida bo‘lgan. 1996-yilda Bangladesh bosh vaziri lavozimiga saylangan.
Shayx Hasina 2001-yil saylovlarida mag‘lubiyatga uchradi. AQShga ko‘chib ketdi, biroq bir necha yildan so‘ng mamlakatga qaytdi va 2009-yilda yana bosh vazir lavozimini egalladi. Hukumatni boshqargan umumiy davri 13 yilni tashkil etadi.
Vigdis Finnbogadottir fransuz tili va adabiyotini o‘rgangan, Islandiya poytaxti Reykyavikda milliy teatrni boshqargan. 1980-yilda mamlakat prezidentligiga saylangan va ushbu lavozimni to‘rt muddat davomida egallagan.
Finnbogadottir boshqaruv davri mobaynida island tili va madaniyati, yoshlar manfaatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratgan. 1996-yilda 16 yillik boshqaruvdan so‘ng saylovlarda ishtirok etishdan bosh tortgan. Shundan so‘ng Yetakchi ayollar jahon kengashiga rahbarlik qilgan. YuNESKO ko‘ngilli elchisi, bir nechta universitetlar faxriy doktori.
Meri Makelis 24 yoshida Dublin universitetining eng yosh professori bo‘ldi. 1997-yilda Meri Robinsonning uzoq muddatli iste’fosidan so‘ng Irlandiya prezidentligiga saylandi.
Makelis abortlar, homilador bo‘lishdan saylaydigan vositalarni taqiqlash, ajrashishlarga qarshi chiqqan, Irlandiya birlashuvi tarafdori bo‘lgan. 14 yillik boshqaruv davridan so‘ng 2011-yilda prezidentlik vakolatlaridan voz kechgan. Hozir jamoatchilik-siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqda.
Tarya Xalonen yoshligida so‘lradikal qarashlari bilan ajralib turgan, patsifizm harakatlarida ishtirok etgan. 1971-yilda Finlyandiya Sotsial-demokratik partiyasiga a’zo bo‘lgan, bir nechta vazirliklarni boshqargan. 2000-yilda mamlakat prezidentligiga saylangan.
2012-yilda prezidentlik lavozimlarini yig‘ishtirgan (bu lavozimni 12 yil egallagan). Hozir Xalonen BMTda ishlaydi, Finlyandiyada Yovvoyi tabiat jahon fondi direktorlar kengashi raisi, ayollar huquqlarini himoya qiladi.
1979-yilda Margaret Tetcher Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini egalladi. Qat’iy va konservativ qarashlari tufayli unga “Temir ayol” deb laqab berishdi. “Sovuq urush” davrida AQShga ergashgan, SSSRni tanqid qilgan, kasaba uyushmalariga qarshi kurashgan.
11 yil bosh vazirlik faoliyatidan so‘ng partiya bo‘yicha hamkasblari bilan qarama-qarshiliklar tufayli iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan. Memuarlar yozgan, amaldagi siyosatchilarni tanqid qilib chiqishlar qilgan. 2013-yilda insultdan vafot etgan.
Elen Jonson-Serlif Afrika mamlakatining birinchi ayol prezidenti bo‘ldi. Garvard universitetini tamomlab, Liberiyada mansabdor bo‘lib ishlagan. Harbiy rejimni tanqid qilgani uchun mamlakatdan quvilgan.
2006-yilda mamlakatiga qaytgan Jonson-Serlif Liberiya prezidenti etib saylangan. Fuqarolik urushini to‘xtatgani uchun 2011-yilda Nobel mukofotiga loyiq deb topilgan. Hozirga qadar hokimiyat boshqaruvida bo‘lib, prezidentlik lavozimidagi umumiy muddati — 11 yil.
Xelen Elizabet Klark yoshligida Vyetnamdagi urush va harbiy bazalarni Yangi Zelandiyaga joylashtirishga qarshi faol chiqishlar qilgan. Universitetda dars bergan, bir nechta boshqarmalar vaziri bo‘lgan. 1999-yilda Yangi Zelandiya bosh vaziri bo‘lgan.
Boshqaruvi davomida Klark Yangi Zelandiyada boshqaruvning respublika shaklini joriy etishga va amerikaliklarning Iroqqa bostirib kirishiga qarshi chiqdi. 9 yildan so‘ng 2008-yilda ushbu lavozimni tark etgan. Hozirda BMT taraqqiyot dasturi rahbari.
Izoh (0)