Turkmaniston poytaxti Ashxobodda o‘tayotgan usti yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 5-o‘ringa sho‘ng‘idi.
O‘zbekistonlik sportchilar hozirga qadar 130 ta medalni qo‘lga kiritib ulgurdi. Bu 244 ta medali bor Turkmanistondan keyin ikkinchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Oltinlar borasida esa O‘zbekiston termasi beshinchi natijani qayd etib turibdi.
Shohsupa cho‘qqisiga ko‘tarilish baxti qozog‘istonlik sportchilarga 28 marta nasib qildi. O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida esa 24 ta oltin bor. Turkmaniston 89 ta oltin bilan peshqadam bo‘lsa, Xitoy 40 ta, Eron termasi 35 ta oltin medalni o‘ziniki qilib ulgurdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Bokuda bo‘lib o‘tgan Islom Birdamligi O‘yinlarida umumjamoa hisobida Turkiya, Ozarbayjon va Erondan keyin to‘rtinchi bo‘lgandi.
Izoh (0)