Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Prezident “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb yozadi Norma.

Foto: Norma

Foto: Norma

Hujjatga muvofiq, “Ikkilamchiqorametallar” unitar korxonasi boshqaruv sifatida kombinat tuzilmasiga kirdi, hududiy MChJlar “O‘zmetkombinat” AJning filiallariga aylantirildi. Shuningdek, O‘zmetkombinat ustav kapitaliga davlat ulushini ko‘paytirish hisobiga mol-mulk majmuasi — “Umumiy ovqatlanish kombinati” DK berildi.

“O‘zmetkombinat” AJ mamlakatda qora metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash (sotib olish) bo‘yicha yagona vakolatli organ etib belgilandi. Topshirilgan hajmlar bo‘yicha hisob-kitoblar metall parchalarini topshiruvchilarni rag‘batlantiradigan va bozor asosida belgilanadigan kelishilgan narxda amalga oshiriladi.

Respublikada yirik iste’molchilar (budjet hisobidan moliyalashtiriladiganlaridan tashqari)ga qora metallar va tegirmon sharlarini ijaraga berish birja savdolari orqali, shuningdek, har yili belgilanadigan balanslarga muvofiq o‘rtacha birja narxlari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda