Qozog‘istonda 11—19-sentabr kunlari barqaror taraqqiyot uchun atrof-muhit himoyasi bo‘yicha Markaziy Osiyo Liderlik dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari qatnashdi.
Dasturga iqlim o‘zgarishlariga moslashish va biznesning atrof-muhitni himoya qilish jarayonidagi rolini ko‘rib chiqish bo‘yicha sessiyalar, akademik maqolalar va suv muammosi bo‘yicha muhokamalar kirdi. Ishtirokchilar orasida mintaqaning barcha mamlakatlaridan davlat organlari, nohukumat tashkilotlar va OAVlarning yosh vakillari bor edi.
“Yosh yetakchilarning mintaqaviy hamkorlikda va Markaziy Osiyoni barqaror rivojlantirishda tutgan o‘rni” sessiyasi doirasida bitiruvchilar o‘z muvaffaqiyatlari tarixi haqida so‘zlab berdi, va dasturdan o‘tgach, ularning karyerasida qanday o‘zgarishlar yuz berganiga to‘xtaldi.
Izoh (0)