Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 19-turidan qolib ketgan uch uchrashuv bugun — 26-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Peshqadam “Lokomotiv” Olmaliqqa safar etadi. Mazkur jamoalarning Toshkentda kechgan birinchi uchrashuvida “temiryo‘lchilar” 5:0 hisobida zafar quchgandi. Ammo safarda oson bo‘lmasligi aniq. Boisi Viktor Kumikov boshqaruvidagi “Olmaliq” mavsum boshidan buyon o‘z maydonida mag‘lub bo‘lmagan.
“Olmaliq” o‘z uyida grandlardan “Paxtakor”ni 2:0, “Nasaf”ni 1:0 hisobida taslim qilgan, “Bunyodkor” bilan esa 0:0 hisobida durang o‘ynagan. O‘z navbatida amaldagi chempion hisoblangan “Lokomotiv” o‘zining so‘nggi ikki o‘yinida mag‘lub bo‘ldi: “Nasaf” 0:2, “Paxtakor” 0:1.
Bugun yana ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi. “Nasaf”, “Paxtakor” va “Bunyodkor”da ochkolar tengligi inobatga olinsa, bugun ikki klubda Mirjalol Qosimov jamoasidan o‘zib ketish imkoniyati bor.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 19-tur bellashuvlari 26-sentabr, seshanba
“So‘g‘diyona” — “Nasaf” — 17:00“Olmaliq” — “Lokomotiv” — 17:30“Paxtakor” — “Mash’al” — 19:00
Izoh (0)