Gidrometeorologiya markazidan ma’lum qilinishicha, haftaning ikkinchi yarmidan O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati pasayadi, yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida 28–29-sentabr kunlari havo harorati kunduzi +15…+20, kechasi +8…+13 darajagacha tushadi. 30-sentabr kuni harorat kunduzi +18…+23, kechasi +6…+11 darajaga yetadi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida 28–30-sentabr kunlari harorat kunduzi +13…+18, kechasi +3…+8 darajani tashkil etadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida 28-sentabr kuni yomg‘ir yog‘adi. 28–30-sentabr kunlari harorat +15…+20, kechasi +6…+11 darajaga yetadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 28–29-sentabr kunlari yomg‘ir yog‘adi. Harorat 27–28-sentyabr kunlari kechasi +10…+15, kunduzi +23…+28, 29–30-sentyabrda esa kechasi +6…+11, kunduzi +20…+25 darajagacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 29–30-sentabr kunlari yomg‘ir yog‘adi. 27–28-sentabr kunlari kunduzi harorat +20…+25, 29–30-sentabrda +15…+20 darajaga yetadi. 27–29-sentabr kunlari kechasi +10…+15, 30-sentabr kuni +7…+12 darajani tashkil qiladi.
Tog‘li hududlarda 28–30-sentabr kunlari yomg‘ir yog‘adi, 27–28-sentabr kunlari kechasi +7…+12, 29–30-sentabrda +2…+7 darajaga yetadi. 28–30-sentabrda kunduzi +10…+15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)