2016-yili “Favvora film” studiyasida yaratilgan “Toshkentning katta qalbi” hujjatli filmining premyerasi Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tdi.
Kartina o‘zbek xalqining urush yillaridagi jasorati, bu yerga boshpana izlab kelgan bir yarim million qochqin haqida hikoya qiladi.
Film muqaddam Isroil, Ozarbayjon, Avstriyada muvaffaqiyatli namoyish qilingan edi. U, shuningdek, Nyu-York va Bruklin kinozallarida katta shuhratga erishdi. Kvinsdagi Bardavomlik markazida o‘tkazilgan namoyishda unga yuksak baho berildi. Prezentatsiya AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari kongressi, shuningdek, O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi ko‘magida o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlandi.
RTH telekanalining “Amerika biz bilan” dasturida esa film haqidagi ko‘rsatuv namoyish etildi. Unda ssenariy muallifi, toshkentlik jurnalist Boris Boboyev hamda O‘zbekiston xalq artisti, teleboshlovchi Galina Melnikova ishtirok etdi.
Film rejissori — Hojimurod Valiyev, montajchi rejissor — Denis Kodzayev, operatorlar — Abdulla To‘laganov (O‘zbekiston), Roman Kaykov (AQSh), Aleksandr Klepalov (Rossiya), Semyon Katsiv (Isroil). Loyiha prodyuseri, “Favvora film” studiyasi rahbari Keldiyor Xo‘jayorov.
Izoh (0)