Daniya poytaxtida bo‘lib o‘tgan sudda IShID terrorchi guruh uchun dronlar xarid qilishda ayblangan 28 yoshli erkakka nisbatan qamoq olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“U IShID uchun Suriya va Iroqda foydalanish maqsadida dron sotib olishda ayblanmoqda”, — deyiladi xabarnomada.
Nomi keltirilmayotgan shaxs 25 kunga qamoqqa olindi.
U o‘zining terrorchi tashkilotga aloqadorligini inkor etmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)