Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Isroilning Meteor Aerospace kompaniyasi Tel-Aviv yaqinidagi Rishon le-Sion shaharchasida o‘tayotgan dronlar aviashousida yangi RAMBOW robotlashtirilgan kompleksi taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Apparat keng miqyosdagi operatsiyalarni bajara oladi. Jumladan, u yer usti harbiy operatsiyalarda ishtirok etishi, o‘t ochish bilan qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek, chegaralarni himoya qilish chog‘ida tirik jonga tahdid solmagan holda razvedka ma’lumotlarini to‘plashi mumkin.

RAMBOW innovatsion energiya tejash tizimi hamda haydovchisiz boshqaruv texnologiyalarini o‘zida birlashtiradi.

RAMBOW va unga o‘rnatilgan tizimlar masofadan turib, stansiyadan boshqariladi.

Robotlashtirilgan kompleksga og‘ir pulemyot yoki boshqa tizimlarni joylashtirish mumkin. Uning vazni to‘rt tonna bo‘lib, bu bilan bortga yana bir tonna foydali yuk olish imkoniyati yaratiladi.

Mashina operatorga atrofdan olingan videoni real vaqt rejimida uzatib turadi. Videomaterialni u bort kameralar va uzoq maosfali optik qurilmadan oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)