Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makronning shaxsiy telefon raqami noma’lum shaxslar tomonidan internetga joylashtirildi. Bu haqda BFMTV xabar bermoqda.

Foto: DPA

Foto: DPA

Davlat rahbari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qiladigan jurnalistlardan biri telefonini yo‘qotganidan so‘ng prezidentning mobil raqami internetda oshkor etildi.

Telekanalga ko‘ra, buning oqibatida Makron ko‘plab xabarlar oldi, ularning barchasi ham maqtovdan iborat emas edi. Xabarlardan biri tahdid mazmuniga ega edi.

Maxsus xizmatlar xabar egasini aniqlash uchun zarur choralar ko‘rmoqda.

Prezident ma’muriyati vakillari sayt mutasaddilari bilan bog‘lanib, ulardan ortiqcha ma’lumotni olib tashlashni so‘radi. Ammo ular qonunni buzmaganini uqtirmoqda, negaki bu raqam orqali maxfiy axborot uzatilmagan, undan Makron hali prezident bo‘lmagan kezlardan foydalanib keladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov