Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Boyse shahridagi (Aydaxo shtati) ko‘cha avtoshousida kamida 11 kishi jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Idaho Statesman

Foto: Idaho Statesman

Idaho Statesman nashriga ko‘ra, Porsche avtomobili haydovchisi boshqaruvni uddalay olmay, tadbirni kuzatayotgan tomoshabinlarga kelib urilgan.

“Haydovchi to‘planganlarga o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. U gazni haddan ortiq kuchli bosib, boshqaruvni yo‘qotgan va tomoshabinlar turgan yo‘lakka chiqib ketgan”, — dedi shahar politsiya boshqarmasi vakili Charlz Lebar.

Jabrlanganlar kasalxonaga yetkazildi. Ularning hayoti xavf ostida emasligi bildirilmoqda. Haydovchi hibsga olinmadi, u tergov bilan hamkorlik qilmoqda

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi