Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Chempionlar Ligasining so‘nggi mavsumida yarim finalga qadar yetib kelgan va katta sensatsiya ko‘targan Fransiyaning “Monako” klubi, bu safargi ishtirokini durang bilan boshladi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

So‘nggi mavsum Bundesligada katta sensatsiya qilib, undagi debyutidayoq kumush medallarga ega chiqqan “Leytpsig”ning “Monako”ga qarshi o‘yini 1:1 hisobida yakuniga yetdi. Mehmonlar mezbonlarning goliga 1 daqiqa ichida javob qaytara oldi.

Turkiyaning “Beshiktosh” klubi esa Portugaliyadan 3 ochko bilan qaytdi. Pepe, Alvaro Negredo kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olgan turk klubi, 3 ochko olish uchun Iker Kasilyas darvozasini uch bor aniq nishonga oldi.

26-sentabr kuni “Monako” uz uyida “Portu”ni qabul qiladi. Bundesliga vakili esa Turkiyaga keladi.

Yevropa Chempionlar Ligasi “G” guruhi. 1-tur 13-sentabr, chorshanba

“Leyptsig” — “Monako” 1:1

Gollar: Emil Forsberg, 33 (1:0). Yuri Tilemans, 34 (1:1).

“Portu” — “Beshiktosh” 1:3

Gollar: Taliska, 13 (0:1). Dushko Toshich, 21-avt (1:1). Jenk Tosun, 28 (1:2). Rayan Babel, 86 (1:3).

Foto: FotMob

Foto: FotMob

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati