Muqaddam Rossiyaning turli shaharlarida anonim qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilib, turli jamoat binolariga bomba o‘rnatilgani haqida xabar qilinayotgan edi. Buning natijasida vahima ko‘tarilib, odamlar evakuatsiya qilinmoqda. Xabarlarning hech biri hozircha tasdiqlangan emas. To‘rt kundan beri qo‘ng‘iroqlar to‘xtamayapti, deb xabar beradi TJournal.
Nashrga ko‘ra, ayni paytda anonim qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilgan shaharlar soni 23 taga yetdi. 13-sentabr kuni yana Xabarovsk, Saratov, Chita, Abakan, Yakutsk, Petropavlovsk-Kamchatskiy, Irkutsk, Tomsk shaharlarida shunday bezorilik uyushtirildi.
Rossiya maxsus xizmatlari muqaddam qo‘ng‘iroqlar Ukrainadan amalga oshirilayotganini bildirgan edi.
Izoh (0)